«maroqand neft bazasi» tegli maqolalar


«Maroqand neft bazasi»ning filiallarida qariyb 74 mlrd so‘mlik talon-toroj va kamomad aniqlandi
12 avgust 2022, 20:45

«Maroqand neft bazasi»ning filiallarida qariyb 74 mlrd so‘mlik talon-toroj va kamomad aniqlandi

«Maroqand neft bazasi»ning Bulung‘ur va Jomboy filiallarida 73,7 mlrd so‘mlik talon-toroj va kamomad aniqlandi. Mazkur holatlarga huquqiy baho berish va kamomadlarga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan qonuniy chora ko‘rish uchun to‘plangan hujjatlar Davlat xavfsizlik xizmatiga taqdim etildi.

«Maroqand neft bazasi»da neft mahsulotlari o‘g‘rilanib, noqonuniy sotib yuborilgan
20 sentabr 2021, 22:37

«Maroqand neft bazasi»da neft mahsulotlari o‘g‘rilanib, noqonuniy sotib yuborilgan

«Maroqand neft bazasi»da neft mahsulotlarining o‘g‘rilanib, noqonuniy sotib yuborilgani aniqlandi, deya xabar qildi «O‘zbeknaftgaz». Jumladan, neft bazasida 23,3 mlrd so‘mlik 3219 tonna avtobenzin birja savdolari orqali sotib olinmasdan, iste’molchilarga jo‘natib yuborilgan. Bundan tashqari, ayrim xodimlar yoqilg‘i sig‘imlarining kalibrovka jadvallarini o‘zgartirilib, zaxiralarni yashirgan, haydovchilar esa mexaniklar bilan kelishib, benzinni hisobdan chiqarishgan. 11 xodim ishdan bo‘shatildi, jinoiy ish qo‘zg‘atildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting